Tezkor havolalar

«» boʻyicha hech narsa topilmadi. Ismni, fanni yoki sinf raqamini (masalan, 7-B) yozib koʻring.

Orqaga
Tadbir· Maʼmuriyat

Yoshlar Bilan Uchrashuv

📅 2026-yil 17-sentabr, payshanba kuni Toshkent viloyati Qibray tumani MMTB tasarrufidagi 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

👥 Uchrashuvda Qibray tumani IIB bo‘lim boshlig‘i, polkovnik Tilyaboyev Jamshid Abduxalilovich, Qibray tumani IIB JXX XPB VEBIG VEMB inspektor-psixologi A. Nomozov, R. Raxmatov, Madaniyat MFY raisi R. Tursunov hamda 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi MMIBDO‘ N.B. Ilyosova ishtirok etdi.

💬 Tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

⚖️ Suhbat jarayonida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, turli holatlarning oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi

🤝 Tadbir yoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularning huquqiy va ijtimoiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi