💐9-May - Xotira va qadrlash kuni
Xotira bor ekan – millat barhayot
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
🇺🇿Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.
Qibray tumani 32- umum ta’lim maktabida 8-may sanasida 6-A sinf o'quvchilari va Sinf rahbari Mansurova Ma'mura Ustoz tomonidan tashkillashtirilgan ma’naviy ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Maktab direktori: D.T.Djalilova
MMIBDO’: N.B Ilyosova